
A Seriyada navbatdagi iste’fo yuz berishi mumkin
“Parma” yaqin soatlar ichida bosh murabbiy Fabio Liverani o‘z lavozimidan ozod etadi. Bu haqda Sky Sport xabar tarqatmoqda.
Bugun “Parma” A Seriyaning 16-turida “Atalanta”ga (0:3) yirik hisobda yutqazib qo‘ydi. Ketma-ket 4 ta mag‘lubiyatdan so‘ng “Parma” musobaqa jadvalida 17-o‘ringa tushib ketdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Fabio Liverani o‘rniga jamoa rahbariyati 2 ta nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Bular: Roberto D’Aversa va Paulu Souza.
“Parma” Italiya chempionatidagi navbatdagi bahsini 10 yanvar kuni “Latsio”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar