
A Seriyada "Napoli"ni yutadigan jamoa topilmayapti
Italiya A Seriyasi 12-turidan o‘rin olgan bahsda "Napoli" "Verona" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Shu tariqa, neapolliklarning mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi 21taga etdi. Oxirgi marta "adzurrilar" 7 aprel kuni safarda "Yuventus"ga mag‘lub bo‘lgandi.
Luchano Spaletti shogirdlari 12-turdan so‘ng 10ta g‘alaba va 2 durang qayd etgan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Napoli"ni oldinda "Inter"ga qarshi o‘yin kutmoqda. Bahs 21 noyabr kuni Milanda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar