A Seriya. "Spetsiya" sensatsion tarzda "Inter"ni mag‘lub etdi, Shomurodov 45 daqiqa harakat qildi

  • 11 mart, 2023, 02:53
  • Karim Xudayqulov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya 26-turidan o‘rin olgan "Spetsiya" - "Inter" bahsi yakunlandi. Mazkur bellashuvda maydon egalari 2:1 hisobida kuchli raqibdan ustun keldi. 

Dastlab, Shomurodov o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Maldini 55-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 82-daqiqada o‘tib borayotgan bir paytda Lukaku penaltidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi. Ko‘p o‘tmay, aniqrog‘i, 86-daqiqada "Spetsiya" ham 11 metrli jarima zarbasi tepish imkoniyatini qo‘lga kiritdi va Nzola penaltini golga aylantirdi. 

Ochkolari sonini 24 taga etkazib olgan spetsiyaliklar 17-pog‘onani band etib turibdi. "Neradzurrilar" mag‘lubiyatga qaramay, 2-o‘rinda qoldi. 

Qayd etish lozim, legionerimiz Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 2-taym avvalida zaxiraga olindi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ХОЛМУРОДОВ АМИР
11/03/2023 13:45
Шома ҳақидаги хабарлар зайбал уже. Даражаларингни туширяпти шу Шома. Яхши ишлаяпсизлар, лекин Шома ҳақидаги хабарлар имижилариларга салбий таъсир қивотти. Қайси валломат ёзади шу хабарларни.
ХОЛМУРОДОВ АМИР
11/03/2023 13:43
Натижа килинш керак булмаса захирада утиради
Abrorbek Bekmirzayev
11/03/2023 10:14
Tamom shomurodov endi hakikisiga tugadi endi u zahira uyinchisi shuncha imkoniyatni horom qildiya qopol qilib aytganda kotiga tiqti afsus