
A Seriya. Dibala va Abraxamning gollari "Roma"ga g‘alaba taqdim etdi
Italiya A Seriyasi 6-turidan o‘rin olgan "Empoli" - "Roma" bellashuvi yakunlandi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy o‘tgan uchrashuvda rimliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mourino shogirdlarining gollariga Dibala va Abraxam mualliflik qilgan bo‘lsa, maydon egalarining yagona goli Bandinelli nomiga yozildi. Legionerimiz Eldor Shomurodov esa zaxirada qoldirildi.
Fikrlar