
A Seriya. Bugun "Roma" Turinda mehmon bo‘ladi
Bugun A Seriya 3-tur o‘yinlari davom ettiriladi.
Legionerimiz Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Roma" klubi safarda Turinning "Yuventus" jamoasi mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi.
Ma’lumot uchun, ayni damda "bo‘rilar" 6 ochko bilan 3-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, 4 ochko to‘plagan turinliklar 5-o‘rinni band etib turibdi. Ikkisi ham hali chempionatda gol o‘tkazib yubormadi.
Fikrlar