"Yuventus"ning asosiy futbolchilaridan biri bugun "Inter"ga qarshi o‘ynamasligi mumkin

  • 7 dekabr, 2018, 16:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur bugun A Seriyaning 15-turidan o‘rin olgan "Inter"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli urugvaylik futbolchi belida og‘riq his qilmoqda va shu boisdan “neradzurrilar”ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam berolmasligi mumkin.

Ma’lumot uchun, Bentankur joriy mavsum “keksa sinora” safida jami 15ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" - "Inter" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!