"Yuventus"ning asosiy futbolchilaridan biri 10 kunga safdan chiqdi

  • 5 fevral, 2019, 15:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi vingeri Duglas Kosta jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 28 yoshli braziliyalik futbolchi A Seriyaning o‘tgan turida “Parma”ga qarshi bahsda son mushaklaridan jarohat olgan. Shifokorlarning ma’lum qilishicha u taxminan 10 kun maydonga tusha olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kosta avtoavariyaga uchragani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, Kosta joriy mavsum “Yuventus” safida 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!