
"Yuventus" va "Bavariya" ham Sanches uchun kurashga qo‘shildi
“Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Aleksis Sanches xizmatlariga Evropaning grand jamoalaridan ko‘plab takliflar bildirilmoqda.
Avvalroq chililik futbolchiga PSJ va “Real” o‘z safiga ko‘rishni istayotganini ma’lum qilgan. Don Balon nashrining yozishicha, parijliklar va madridliklardan tashqari 29 yoshli futbolchi uchun kurashgna “Yuventus” va “Bavariya” ham qo‘shilgan.
Chililik futbolchining MYu bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yil iyunga qadar mo‘ljallangan. Bu mavsum u barcha turnirlarda 11 o‘yinda 1 gol va 2 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar