
"Yuventus" "Real" futbolchisini xarid qilmoqchi
Turinning “Yuventus” klubi yozgi transferlar mavsumi vaqtida jamoaga markaziy yarim himoyachi olib kelishni mo‘ljallamoqda.
Gazzetta dello Sport nashri tarqatayotgan xabarga qaraganda, turinliklar bu borada “Real” yarim himoyachisi Mateo Kovachich variantini o‘rganib chiqishmoqda. Ayni paytda “zebralar” va “qirollik klubi” o‘rtasida futbolchi borasida muzokaralar o‘tkazilayotgani borasida biror ma’lumot oshkor qilinmayapti. Kovachichning madridliklar bilan shartnomasi esa 2021 yilga qadar amal qiladi.
Qayd etish joiz, “Yuventus” xorvatiyalik futbolchidan tashqari, “Sevilya”dan Stivenom Nzonzi, “Liverpul”dan Emre Jan, va PSJ a’zosi Blez Matyuidilarni ham kuzatib bormoqda.
Fikrlar