
"Yuventus" Pogbaga pul topish uchun 2 nafar etakchisini sotmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi yozda "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbani yana jamoaga qaytarishni rejalashtirmoqda.
Rai Sport tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” 25 yoshli frantsiyalik futbolchini sotib olish uchun o‘zining ikki etakchi yarim himoyachisi - Blez Matuidi va Sami Xediralarni sotmoqchi.
Transfermarkt Pogbani 80 million, Matuidi ni 30 million, Xedirani esa 20 million evroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pogbaga shuningdek “Barselona”dan ham qiziqishlar mavjud.
Fikrlar