
"Yunayted" Torres va Tevesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
“Atletiko” klubi hujumchisi Fernando Torres faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkin. Goal nashrining tarqatgan xabariga ko‘ra, 34 yoshli ispaniyalik futbolchiga “Di Si Yunayted” jamoasi qiziqish bildirmoqda.
Torres yozda erkin agentga aylanadi va shu sabab MLS klubi uni bilan tekinga qo‘lga kiritishni rejalamoqda.
Shuningdek, “Di Si Yunayted” “Boka Xuniors” hujumchisi Karlos Tevesni ham o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Uning Argentina jamoasi bilan tuzgan amaldagi kelishuvi 2019 yil oxiriga qadar mo‘ljallangan. Tevesning transfer narxi 2,5 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar