Yoshlar ligasida 15-tur o‘yinlari yakunlandi

  • 12 iyun, 2018, 09:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

11 iyun kuni Yoshlar ligasida 15-turning so‘nggi 4 uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. “Buxoro” va “Lokomotiv” o‘z maydonida zafar quchgan bo‘lsa, “Paxtakor” safardan 3 ochko bilan qaytadigan bo‘ldi. 

Tecno

Yoshlar ligasi / 15-tur

11 iyun, dushanba

“BUXORO” – “BUNYoDKOR” 3:1

Buxoro shahri. “Umid” stadioni. 89 tomoshabin. 

Hakamlar: Komiljon Rasulov, Shavkat Rahmatov, Akmal G‘iyosov, G‘ulomqodir Nurullaev. 

Nazoratchi: D.  Roman. 

Gollar: Behruz Zayniddinov, 10 (1:0).  Abubakr Mo‘ydinov, 33 (1:1). Muhammadsiddiq Temirov, 71 (2:1). Mirfayz Muhiddinov, 76 (3:1). 

Ogohlantirishlar: Behruz Zayniddinov (33), Anvar Jo‘raev (44) – Jasur Jaloliddinov (47), Abbos Jumaqulov (53)


“LOKOMOTIV” – AGMK 2:0

Toshkent shahri. TTYMI stadioni. 55 tomoshabin. 

Hakamlar: Elyor Tursunov, Adham Rixsiboev, Bekzod Hudoyberganov, Rahim Karimov. 

Nazoratchi:  S. Ermatov. 

Gollar:  Jaloliddin Jumaboev, 18 (1:0). Bobir Tillaboev, 41 (2:0). 

Ogohlantirishlar: Bobur Ergashev (4) – Xurshid Muxtorov (41), Laziz Muhammadjonov (54)

Chetlatish: Laziz Muhammadjonov (82)


“METALLURG” – “NASAF” 1:1

Bekobod shahri.  “Metallurg” stadioni.  174 tomoshabin. 

Hakamlar: Abdurashid Hudoyberganov, Oybek Umarov, Sergey Sirazov, Karomatullo Hasanov.  

Nazoratchi: A. Popov. 

Gollar: Sherzod Nasrullaev, 25 (0:1). Azamat Abdusattorov, 75 (1:1). 

Ogohlantirishlar: Javohir Esonqulov (60), Abdulvohid G‘ulomov (61), Hudoyshukur Sattorov (88) – Akmal Mozgovoy (68), Jo‘rabek Mannopov (87)


“NEFTChI” – “PAXTAKOR” 1:2

Farg‘ona shahri. “Neftchi” stadioni. 93 tomoshabin. 

Gollar:  Jasur Hakimov, 39 (0:1). Shoxrux Mahmudxo‘jaev, 49 (0:2). Otabek Ahmadjonov, 73 (1:2).  

 Ogohlantirish: Shahzod Muxtorov (38, “Paxtakor”). 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!