Yosh polvonlar tosh ko‘taradi

CHERY AUTO

2017 yilning 9-10 may kunlari Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Hasan Islomov xotirasiga bag‘ishlangan og‘ir atletika bo‘yicha ochiq turnir bo‘lib o‘tadi.

Tecno
 

O‘zbekiston yoshlar o‘rtasida og‘ir atletikani ommalashtirish, sportchilar mahoratini oshirish, murabbiylarning tajriba almashishini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar og‘ir atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu musobaqada 2002-2003 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar qatnashadi.

Musobaqa qoidasiga ko‘ra, bellashuvlar o‘nta vazn toifasida o‘tkaziladi. Turnir g‘olib va sovrindorlari ikki kurash natijasiga ko‘ra aniqlanadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!