Yosh muaytaychilarimiz xalqaro turnir yarim finaliga yo‘l oldi

BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, shu kunlarda Qirg‘zistonning Issiqko‘l shahrida muay tay bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazilmoqda. Mazkur musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan sportchilarimiz muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqda.

Kecha o‘tkazilgan chorak final janglaridan so‘ng besh nafar sportchimiz yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Ular bu bosqichda Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiyadan kelgan raqiblarini mag‘lub etishdi.

muay thai

Yoshlar o‘rtasidagi K-1 yo‘nalishida Abdurashid Baxtiyorov (27 kg), Ibrohim Raimjonov (30 kg), Ne’matullo Abdurazzoqov (33 kg), Bahromjon Tog‘aev (36 kg) va Temur Allamurodov (45 kg) final yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi.

Musobaqa 27 iyunga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!