
Yosh bokschilarimiz yana shohsupada
Qozog‘istonning Jezkazgan shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda vakillarimiz bittadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Mazkur musobaqaning 81 kilogramm vazn toifasida finalga qadar muvaffaqiyatga erishgan Abror Turg‘inboev terma jamoamiz hisobiga kumush medalni keltirdi.
Vazni 46 kilogramm bo‘lgan Begzodjon Serimbetov esa turnirning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar