
Yangi mavsumda "Real" yoki "Barselona" chempionat o‘yinlaridan birini Ispaniyada o‘tkazmasligi mumkin
Avval xabar berganimizdek La Liga rahbariyati o‘z brendini Shimoliy Amerika qit’asida ham ommalashtirish maqsadida Relevant kompaniyasi bilan 15 yillik dasturni imzoladi.
E’tiborlisi, ushbu dastur doirasida La Liganing ba’zi uchrashuvlari AQSh va Kanada davlatlarida o‘tkaziladi. El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra hamkorlik doirasida joriy mavsum “Real” yoki “Barselona” jamoalaridan biri ishtirokidagi chempionat o‘yini okean ortida bo‘lib o‘tadi. Bu 2018 yil oxirigacha yoki 2019 yilning birinchi yarmigacha amalga oshiriladi.
Fikrlar