Yana bir mashhur futbolchi okean ortiga yo‘l olmoqda

  • 27 fevral, 2019, 13:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQShning "Los-Anjeles Gelaksi" klubi "Manchester Yunayted"ning sobiq forvardi Juzeppe Rossini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra tomonlar deyarli o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishishgan. AQSh klubi tez orada 32 yoshli italiyalik futbolchining transferi haqida rasman e’lon qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossining so‘nggi jamoasi "Jenoa" bo‘lgan edi. U shuningdek "Nyukasl", "Parma", "Vilyarreal", "Fiorentina", "Levante" hamda "Selta" kabi jamoalarda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!