Xosep Gvardiola: Bunday Agueroni hech qachon ko‘rmaganman

  • 19 avgust, 2018, 21:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bundan biroz avval yakuniga etgan "Xaddersfild"ga (6:1) qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan hujumchi Serxio Aguero haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Manchester Siti”ni boshqarib kelayotganimdan buyon bunday formadagi Agueroni ko‘rmaganman. U ta’tildan ajoyib holatda qaytdi.

Aguero to‘p bilan va to‘psiz ham ajoyib harakat qila oladi. Undagi gol urish qobiliyati esa tug‘ma. Men uni zaxiraga olish haqida o‘ylagandim, ammo u mukammal o‘yin namoyish etdi”, - deydi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, bugungi xet-trik argentinalik forvard uchun APLdagi to‘qqizinchisi bo‘ldi. U bu borada faqatgina afsonaviy Alaln Shirerdan ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!