
WTA reytingida tennischi qizlarimiz yuqorilashdi
Ayollar tennis uyushmasi – WTA ning yangi reytingi e’lon qilindi.
ATP reytingida hamyurtlarimiz pastga sho‘ng‘idi
Unga ko‘ra chexiyalik Karolina Plishkova WTA reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Simona Xalep(Ruminiya) esa bu gal reytingning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. Kuchli uchlikni esa ukrainalik Elina Svitolina yakunladi.
Tennischi qizlarimiz o‘rtasida birinchi raqamli raketka ustasi hisoblangan Sabina Sharipova esa bu gal o‘tgan safargi reytingga nisbatan 13 pog‘ona yuqoriladi va 149-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Umuman olganda, birgina Oqgul Omonmurodovani inobatga olmaganda, barcha tennischi qizlarimizning reytingdagi o‘rnilari oshdi.
WTA reytingi. 3 iyul
1 (3). Karolina Plishkova (Chexiya) — 3757.
2 (1). Simona Xalep (Ruminiya) — 3590.
3 (2). Elina Svitolina (Ukraina) — 3330.
4 (6). Karolina Voznyatski (Daniya) — 2976.
5 (4). Elena Ostapenko (Latviya) — 2932.
6 (5). Kristina Mladenovich (Frantsiya) – 2767.
7 (7). Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya) — 2675.
8 (8). Vinus Uilyams (AQSh) — 2367.
9 (9). Svetlana Kuznetsova (Rossiya) — 2155.
10 (10). Garbine Mugurusa (Ispaniya) — 1793.
…
149 (162). Sabina Sharipova (O‘zbekiston) – 378
219 (225). Nigina Abduraimova (O‘zbekiston) – 252
373 (366). Oqgul Omonmurodova (O‘zbekiston) – 109
711(713). Arina Folts (O‘zbekiston) – 27
740 (748). Albina Xabibulina (O‘zbekiston) – 24
863 (961). Kamola Umarova (O‘zbekiston) – 15
1020 (1039). Polina Merenkova (O‘zbekiston) – 9
1223 (9989). Laylo Bahodirova (O‘zbekiston) – 3
1231 (9999). Yasmina Karimjonova (O‘zbekiston) – 3.
Fikrlar