Vladislav Tseytlin OFK o‘quv kurslarida ishtirok etadi

  • 14 fevral, 2019, 14:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Shu yilning 14-18 fevral kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan hakamlar nazoratchilari va instruktorlar uchun o‘quv kurslari tashkil qilinmoqda. Mazkur kurslarda yurtimiz vakili Vladislav Tseytlin ham ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
O‘quv kurslari davomida hakamlar nazoratchilari va instruktorlar uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi. Ushbu kurslarda yana bir hamyurtimiz Farhod Abdullaev kurs olib boruvchisi sifatida ishtirok etayotganini ham alohida ta’kidlab o‘tish kerak. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!