
Vladimir Klichko chempionlikni eng ko‘p saqlab tura olgan bokschi
Ukrainalik Vladimir Klichko super og‘ir vazn toifasida barcha bokschilardan ko‘proq chempionlikni o‘zida saqlab tura olgan. U 12 yil (4 382 kun) davomida jahonning birinchi raqamli bokschi bo‘lib kelgan.
Ushbu reytingning ikkinchi pog‘onasini amerikalik Jo Luis egallagan. U jahon chempoinligi titullarini 11 yil, 8 oy va 8 kun o‘zida saqlab turgan. Uchinchi o‘rinni “boks qiroli” Muhammad Ali – 9 yil, 5 oy va 5 kun band etgan.
Shuningdek, Vladimirning akasi Vitaliy Klichko beshinchi o‘rinda bormoqda. U chempionlik kamarlariga 7 yil, 5 oy va 28 kun egalik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Klichko faoliyatidagi so‘ngi jangini Entoni Joshuaga qarshi o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragan. Jang 2017 yil 3 avgustda bo‘lib o‘tgan. Shundan so‘ng ukrainalik bokschi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan.
Fikrlar