Viktor Valdes futbolchilik faoliyatini yakunladi

  • 4 yanvar, 2018, 19:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi hamda Ispaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Viktor Valdes o‘zining futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda La Liga matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Aytish lozimki, 35 yoshli posbon “Midlsbro” Angliya premer-ligasidan tushib ketganidan so‘ng erkin agentga aylangan edi. Shundan so‘ng Valdes o‘ziga yangi jamoa qidirishni istamadi.

Ma’lumot uchun, Viktor Valdes “Barselona” safida 21ta sovrinni qo‘lga kiritgan, Ispaniya terma jamoasi safida esa jahon chempioni hamda Evropa chempionligini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!