
Verratti mashg‘ulotlarga kirishdi, u MYuga qarshi o‘ynay oladi
"Gengam"ga (9:0) qarshi o‘yinda jarohat olgan PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Bu haqda RMC nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 26 yoshli italiyalik futbolchi parijliklarning kechagi mashg‘ulotlarida ishtirok etgan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki Verratti EChL 1/8 finalidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda ishtirok eta oladi.
Ma’lumot uchun, Verratti joriy mavsum PSJ safida 21ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta golga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar