
Verratti: Neymar - PSJning eng muhim futbolchisi
PSJ klubi yarim himoyachisi Marko Verratti uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng jarohatidan sog‘ayib qaytgan Neymar bilan o‘tkazilgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Besh yarim oylik tanaffusdan so‘ng yana Neymarni jamoada ko‘rish bu ajoyib. Neymar – jamoaning eng muhim futbolchisi. U o‘tgan mavsum hal qiluvchi pallada jarohat oldi. Biz uning qaytishini intizorlik bilan kutdik. U xursand – bu eng muhimi”, - deydi italiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Neymar va Verratti kecha Xitoyda "Monako"ga (4:0) qarshi bo‘lib o‘tgan Frantsiya Superkubogida maydonga tushishgan edi.
Fikrlar