Verratti: "Liverpul" maydonidagi o‘yin boshqacha bo‘ladi

  • 15 sentabr, 2018, 16:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi vingeri Marko Verratti  kecha “Sent-Eten”ga qarshi o‘yinda qozonilgan g‘alabadan so‘ng yangi haftada Chempionlar ligasi guruh bosqichining ilk turida “Liverpul”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Liverpul”ga qarshi o‘yingacha biz barcha o‘yinlarda g‘alaba qozondik va bu juda ajoyib. Lekin u erda umuman boshqacha o‘yin bo‘ladi.

Bu jamoa o‘z maydonida juda yaxshi o‘yin namoyish etadi va ular o‘tgan mavsum Chempionlar ligasida finalga qadar etib bora olishdi.

Bu o‘yin biz uchun muhim imtihon bo‘ladi. To‘g‘ri, bu hal qiluvchi o‘yin emas. Lekin, qiyin uchrashuvda g‘alaba qozonish ajoyib”, - deydi italiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” – PSJ uchrashuvi 19 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!