
Verratti "Barselona"ga ketishini shaxsan prezidentga aytish uchun Parijga keldi
PSJ klubi yarim himoyachisi Marko Verratti o‘z ta’tilining bir qismidan voz kechib, klub prezidenti Nosir Al-Xelaifi bilan uchrashish uchun parijga keldi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi nashrning ma’lum qilishicha, italiyalik futbolchi o‘zining “Barselona”ga o‘tish istagi borligini shaxsan klub prezidentining o‘ziga aytmoqchi. Eslatib o‘tish kerakki, Verratti bundan avval ham o‘zining jamoadan ketish niyati borligi haqida PSJ rahbariyatini ogohlantirgan edi. Biroq, parijliklar bu borada o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishmayapti, ya’ni Verrattini qo‘yib yuborishmoqchi emas.
Ta’kidlash lozimki, bundan avvalroq PSJ klubining sobiq sport direktori Patrik Klyuyvert italiyalik futbolchini sotib olish “Barselona” uchun amri mahol ekanligi haqida aytib o‘tgan edi.
Fikrlar