
"Vashington Kepitalz" o‘z tarixida ilk bor Stenli kubogini qo‘lga kiritdi
Bugun xokkey bo‘yicha Stenli kubogining final bellashuvida bosh sovrin egasi aniqlandi. Mavsum g‘olibini aniqlash uchun "Vegas" hamda "Vashington" jamoalarining 5ta seriyasi kifoya qildi.
Bellashuv Las-Vegasda o‘tgan bo‘lsa ham g‘alaba sari katta shijoat bilan harakat qilgan "poytaxtliklar" 4:3 hisobida g‘alaba qozonishdi. G‘olib jamoaning gollariga Vrana, Ovechkin, Smit-Pelli hamda Eller mualliflik qilishdi. E’tiborlisi, "Vashington" sardori Aleksandr Ovechkin Stenli kubogini boshi uzra baland ko‘targan ilk rossiyalik xokkeychi sifatida tarixga kirdi.
Fikrlar