
Varan MYuga o‘tib, dunyoning eng qimmat himoyachisiga aylanishi mumkin edi
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino "Real" himoyachisi Rafael Varanni o‘z pozitsiyasidagi dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylantirmoqchi bo‘lgan.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mankuanliklar joriy yozgi transferlar davrida 25 yoshli frantsuz uchun 110 million evro taklif qilishmoqchi bo‘lishgan. Biroq, MYuning ushbu taklifi noma’lum sabablarga ko‘ra “Real”ga qadar etib bormagan.
Eslatib o‘tamiz, yozgi transferlar derazasi kecha Angliyada yopildi.
Fikrlar