
Valverde Pogbaning kelishi haqida: Chop etilayotgan barcha xabarlarni ham muhokama qilishni istamayman
Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbaning jamoaga kelishi borasidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“U boshqa jamoada o‘ynayotgan ajoyib futbolchi, biz esa boshqa klub futbolchilariga nisbatan doim xurmat bilan muamala qilamiz. Gazetalarda yozilayotgan hamma xabarlarni ham muhokama qilishni istamayman. Bizning jamoamiz bilan bog‘lanayotgan hamma futbolchi juda yaxshi va biz ularni ham, ular to‘p surayotgan jamoalarni ham xurmat qilamiz”, - deydi Valverde.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq kataloniyaliklar sport direktori Erik Abilal Pogbaga Inestadan bo‘shagan 8-raqamni va’da qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar