"Valensiya" va "Inter" o‘zaro futbolchi almashishmoqchi

  • 19 avgust, 2017, 11:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning “Valensiya” hamda Milanning “Inter” klublari yaqin kunlar ichida o‘zaro futbolchi almashishmoqchi. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra yaqin ikki kun ichida “ko‘rshapalaklar” o‘ng qanot himoyachisi Joau Kanselu “Inter”ga, “neradzurrilar” xavbeki Joffre Kondogbia esa “Valensiya”ga o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Kanselu kecha bo‘lib o‘tgan La Liganing 1-turida “Valensiya” tarkibida "Las-Palmas"ga qarshi maydonga tushdi. Biroq, bu holat transferning amalga oshishiga ta’sir o‘tkazmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!