“UzTong Xong Ko” Andijonda o‘tkazilgan "O‘FA Kubogi" g‘olibi bo‘ldi

  • 30 oktabr, 2018, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Shu yilning iyul oyida avtosanoat tizimida faoliyat yurituvchi qo‘shma korxonalar o‘rtasidagi futbol musobaqalari boshlangan edi. Mazkur musobaqada vodiy viloyatlarida bir tarmoqda faoliyat yurituvchi  korxonalarning 9ta jamoasi ishtirok etdi.

Jamoalar musobaqada ikki guruhga bo‘lingan holda qatnashdi. To‘rt oy davomida bahslar  haftaning shanba va yakshanba kunlari “Sog‘lom Avlod” o‘yingohi, Bo‘ston dahasidagi BO‘FM hamda Sho‘rbuloqdagi futbol akdemiyasining futbol maydonlarida bo‘lib o‘tdi.

O‘FA rasmiy saytining xabar berishicha joriy yilning 28 oktyabr kuni Sho‘rbuloqdagi futbol akademiyasining sun’iy qoplamali  o‘yingohida “O‘FA kubogi” musobaqasining final o‘yini o‘tkazildi. Final bahsida Andijon viloyatining “UzTong Xong Ko” qo‘shma korxonasi hamda Farg‘ona viloyatida faoliyat yurituvchi “Uz Sang Vu” qo‘shma korxonalari jamoalari o‘zaro kuch sinashdilar. Bellashuvda “Uz Ton Xong Ko” jamoasi 3-0 hisobida g‘alaba qozoniib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
 
Musobaqaning tantanali yopilish marosimida viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Bekzodbek Karimov har ikki finalchi jamoalarni qutlab, g‘oliblarga Kubok va sovg‘alarni topshirdi.    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!