
Unai Emeri: Chex "Chelsi"ga qarshi boshlang‘ich tarkibda maydonga tushadi
Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Unai Emeri APLning 2- turida “Chelsi”ga qarshi bahsda “kanonirlar” darvozasini Petr Chex qo‘riqlashi haqida aytib o‘tdi.
“Menimcha, Chexning qobiliyati va mahorati etarli. Tarkibimizda shuningdek Bernd Leno ham bor.
Biz uchun Chex ham, Leno ham muhim darvozabonlar. Ularning ikkalasi ham etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishadi.
Shanba kuni “Chelsi”ga qarshi bahsda yana Chex asosiy tarkibda maydonga tushadi, men unga ishonaman. Xatto u mavsumni yomon boshlagan taqdirda ham unga ishonaveraman”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar