Ukraina 2030 yilgi jahon chempionatini qabul qilmoqchi

  • 28 noyabr, 2018, 13:44
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Shaxter” futbol klubi vitse-prezidenti va “Donbass” xokkey klubi prezidenti Boris Kolesnikov futbol bo‘yicha 2030 yilgi jahon chempionatini Ukrainada o‘tkazishni taklif qildi.

Bu g‘oyani Kolesnikov Zaporoje shahrida o‘tgan turistik biznes-forumda aytgan. Ushbu mundialga mezbonlik qilish taklifini Polsha va Belorussiya bilan birgalikda topshirishi mumkin.

Shuningdek, dunyo birinchiligini yana qator davlatlar o‘zida qabul qilishni xohlashmoqda. Ular qatorida Angliya, Urugvay/Argentina/ Paragvay (birgalikda), Janubiy Koreya/Shimoliy Koreya/Yaponiya/Xitoy (birgalikda) va Misr ham bor.

Avvalroq KOMNEBOL jahon chempionatini har ikki yilda o‘tkazishni taklif qilganligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada o‘tgan JCh-2018 turnirida Frantsiya o‘z tarixida ikkinchi marta g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!