
Uaylder va Joshua ikkita jang o‘tkazishi mumkin
Britaniyalik bokschi Entoni Joshuaning vakillari Deontey Uaylder jamoasi bilan ikkita jang o‘tkazish borasida muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi The Sun nashri. Unga ko‘ra, dastlabki jang sentyabr oyida “Uembli”da bo‘lsa, revansh jangi dekabr oyida Las-Vegasda bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar anchadan beri davom etib kelmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Uaylder mazkur jang uchun 9 million funt sterlinglik taklif olgan. Taklif ikkita jang o‘tkazish uchun. Agar bu haqiqatan ham tashkil qilinadigan bo‘lsa, shartnomadagi narx 20 million funtgacha ko‘tarilishi mumkin.
Entoni Djoshua super og‘ir vazn toifasida WBA (Super), WBO, IBO va IBF chempionlik kamarlar sohibi. Deontey Uaylder esa WBC kamariga egalik qilmoqda. Har ikki bokschi ham professional ringdagi barcha janglarini g‘alaba bilan yakunlagan.
Fikrlar