Tuxel "Napoli"ga qarshi o‘yinda qayd etilgan durangda hakamni aybladi

  • 7 noyabr, 2018, 12:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel kecha Chempionlar ligasi doirasida "Napoli"ga (1:1) qarshi bahsda qayd etilgan durangda hakamni aybladi.

Tecno

“Raqib kuchli bosim o‘tkazdi, hujumda ko‘plab futbolchilari bor edi. Bundan o‘yinda himoyalanish oson emasligini aytishim kerak. Bizning darvozamizga belgilangan penalti oddiy vaziyatda sodir bo‘ldi. Ha aytgancha, bu vaziyatda “Napoli” futbolchisi o‘yindan tashqari holatda edi. Biroq, Bernat bilan sodir bo‘lgan vaziyatda hakam yaqqol penaltini bermadi.

Bunday o‘yinlarda g‘alaba qozonish asosan omadga bog‘liq. Natijani xazm qila olmayapman, ammo boshqa choram yo‘q. Endi ishlashda davom etishimiz kerak. Guruhdagi vaziyat ancha keskin va PSJ qolgan bahslarda g‘alaba qozonishi kerak”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

44

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!