Tuxel: Mbappesiz o‘ynashni xohlamayman

  • 29 oktabr, 2018, 23:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel nima sababdan "Marsel"ga qarshi bahsda (2:0) Killian Mbappe hamda Adrien Raboni zaxirada qoldirganligini aytib o‘tdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, ikkala futbolchi ham uchrashuvning ikkinchi bahsda maydonga tushishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchilar bellashuv oldidan bo‘lib o‘tadigan majlisga kechikib kelganliklari sababli asosiy tarkibga kiritilmaganlar.

- Bu jamoadagi intizom masalasidir. Biz bunday vaziyatda shu ishni qilishimizni ma’qul qo‘rdik. Ammo futbolchi mashulotlarga kech qolsa, tarkibga kiritilmadi degani emas. Jamoa alohida olingan insonlardan yuqoriroq turadi deb o‘ylayman.

Shuni aytishim darkorki, Mbappe maydonga tushib o‘z ishini ajoyib tarzda bajardi. Tan olish lozim, Mbappesiz jamoani maydonga tushirishni xohlamayman, biroq bunday qarorni qabul qilishga majbur bo‘ldim, - dedi Tuxel

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!