Tuxel MYuga qarshi o‘yinda PSJ darvozasini kim qo‘riqlashi bo‘yicha bir qarorga keldi

  • 2 fevral, 2019, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda jamoa darvozasini kim qo‘riqlashi borasida bir qarorga keldi.

Tecno

Lequipe nashri tarqatgan xabarga qaraganda germaniyalik mutaxassis ushbu muhim uchrashuvda italiyalik tajribali posbon Janluiji Buffonga ishonch bildirishga qaror qilgan. Jamoaning asosiy darvozabon Alfons Areolya esa Frantsiya chempionatining “Lion”ga qarshi bahsida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Buffon joriy mavsum PSJ safida jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 6tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ va MYu o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 12 fevral kuni “Old Trafford”da, javob bahsi esa 6 mart kuni “Par de Prens”da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!