"Tottenxem" o‘ziga Italiyadan zo‘r himoyachi topdi

  • 15 fevral, 2019, 23:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sampdoriya" klubi himoyachisi Yoaxim Andersen "Tottenxem"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” 22 yoshli daniyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi va buning evaziga genuyaliklarga 25 mln evro taklif qilishmoqchi. Andersen London klubi safida mavsum yakunlangach jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan Tobi Alderveyreldning o‘rnini egallaydi.

Ta’kidlash kerakki Andersenga shuningdek “Inter” va “Yuventus” klublaridan ham jiddiy qiziqishlar mavjud.

Ma’lumot uchun, “Sampdoriya” Yoaxim Andersenni 2017 yil 1,4 mln evro evaziga “Tvente” klubidan xarid qilgan edi. U joriy mavsum 24ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 1ta goliga assistentlik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!