"Tottenxem" Rouzni "Chelsi"ga sotgisi kelmayapti

  • 17 avgust, 2017, 13:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Tottenxem” klubi chap qanot himoyachisi Denni Rouzni hamshahari hamda raqobatchisi hisoblangan “Chelsi”ga sotishni istamayapti.

Tecno

Evening Standard nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” 27 yoshli angliyalik futbolchining transferi borasida “aristokratlar” bilan muzokaralar o‘tkazishni ham istamagan.

Ta’kidlash lozimki, “Chelsi” Rouz uchun haftasiga 120 ming funt maosh taklif qilmoqda. Taqqoslash uchun, Angliya terma jamoasi a’zosi ayni damda “Tottenxem”dan 7 kun uchun 65 ming funt maosh olmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!