Toshkentda katta dzyudo bayrami (foto)

  • 28 oktabr, 2017, 22:09
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

 

Tecno

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida Butunjahon dzyudo kuni nishonlandi.

Ushbu kun dzyudo asoschisi  Dzigoro Kanoning sharafiga uning tug‘ilgan kuni - 28 oktyabrda butun dunyo bo‘ylab nishonlanadi.

Xalqaro dzyudo federatsiyasi ikki yuzga yaqin mamlakatni birlashtirgan. Butun dunyo bo‘yicha 28 million kishi ushbu yakkakurash turi bilan muntazam shug‘ullanadi.

Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan dzyudo mamlakatimizda ham eng ommaviy sport turlaridan hisoblanadi. Mamlakatimiz sportchilaridan Armen Bagdasarov va Abdulla Tangriev Olimpiadalarda kumush, Rishod Sobirov uch marta bronza medalni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Rishod ikki karra jahon chempioni bo‘lgan. Abdulla polvon esa mutlaq vaznda jahon chempionligiga sazovor bo‘lgan.

O‘zbekiston dzyudochilari Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlari, "Masters", "Katta dubulg‘a", Gran-pri turnirlarida muntazam yuqori o‘rinlar uchun kurashib kelmoqda.

Quyida Toshkent shahrida nishonlangan Butunjahon  dzyudo kuni suratlari bilan tanishishingiz mumkin.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!