Toshkent shahrida o‘tkazilgan Pro litsenziyasi kurslarining birinchi moduli yakunlandi

  • 22 noyabr, 2018, 14:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkent shahrida joylashgan Chig‘atoy futbol bazasida murabbiylar uchun o‘tkazilayotgan Pro litsenziyasi kurslarining birinchi moduli yakunlandi. Ushbu modulda murabbiylar futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha bilimlarini oshirishdi.

Tecno

OFK instruktori Garri Fillips tomonidan o‘tkazilgan kursda o‘zbekistonlik murabbiylardan Jafar Irismetov, Ulug‘bek Baqoev, Davron Fayziev, No‘mon Hasanov, Jasur Abduraimov, Ro‘ziqul Berdiev va Ilhom Mo‘minjonovlar ishtirok etishdi.

– Bu modulda ma’ruzalar turli yo‘nalishlarda o‘tkazildi. Biz bundan o‘zimizga kerakli bilimlarni qo‘lga kiritdik. Bu kursda jismoniy taryyorgarlik bo‘yicha turli masalalarni ko‘rib chiqdik. Bunday seminarlar uchun PFL rahbariyati va instruktorimiz Garri Fillipsga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz, – dedi Buxoro klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev.

Qayd etish lozim, ushbu kursning ikkinchi moduli 6 dekabr kuni o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!