
Tomas Tuxel: Neymar bugun aniq o‘ynaydi
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel bugun UEFA Chempionlar ligasi ilk turida “Liverpul”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Germaniyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra jamoaning braziliyalik yulduzi Neymar ushbu bahsda aniq ishtirok etadi.
“Sizlarga shuni aniq aytishim mumkinki, Neymar bugun o‘ynaydi. Lekin uning maydonda qanday vazifani bajarishini aniq ayta olmayman. Aks holda bu javobim “Liverpul” uchun o‘yin oldidan yaxshigina qo‘llanma bo‘lishi mumkin. Bu o‘yin biz uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i kabidir. Bu uchrashuv bizning qanday kuchga ega ekanligimizni ko‘rsatib beradi. Bugun o‘zimizning eng yaxshi tomonlarimizni ko‘rsatishimiz lozim”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” – PSJ to‘qnashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar