
Tiago Bezerra: O‘yin so‘nggida gol o‘tkazib yuborganimiz alamli bo‘ldi
Xabaringiz bor kecha Superliganing 20-tur markaziy bahsida “Paxtakor” va “Lokomotiv” o‘zaro kuch sinashdi. Toshkent derbisi esa 1:1 hisobida yakunlandi.
O‘yndan so‘ng “sherlar”ning braziliyalik hujumchisi Tiago Bezerra o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘yin oxirida gol o‘tkazib yuborib g‘alabani qo‘ldan chiqarganimiz alamli bo‘ldi. Bahs ajoyib o‘tdi. Yuqori atmosfera, ajoyib havo. Uchrashuv barchaga yoqdi, deb o‘ylayman”, - deydi Bezerra.
Fikrlar