“The Best” sovrini uchun yakuniy ro‘yxatga kira olmagan muhim yulduzlar

  • 6 sentabr, 2018, 14:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA “The Best” sovrini uchun yakuniy ro‘yxatni ma’lum qildi. Ushbu ro‘yxatda “Yuventus”dan Krishtianu Ronaldu (“Real” bilan erishgan yutuqlari tufayli), “Real Madrid”dan Luka Modrich va “Liverpul” yulduzi Muhammad Salohlar kuchli uchlikka kirishgan. Uchchala futbolchi ushbu individual sovrinni o‘tgan mavsumda ko‘rsatgan natijalari tufayli yutib olishga urinib ko‘rishadi. Albatta uchchovlon ushbu sovrinni yutib olishga haqli.

Tecno

Krishtianu “Real”ning qatorasiga uchinchi marta Chempionlar Ligasini yutib olishiga munosib hissasini qo‘shgan bo‘lsa, uning sobiq jamoadoshi Modrich ham ushbu nufuzli sovringa ega chiqdi va qo‘shichasiga milliy terma jamoasi bilan 2018-yilgi Jahon Chempionatining finaliga qadar etib bordi. Saloh esa o‘tgan mavsumda Premer Ligada rosmanasiga porladi, deyishimiz mumkin.

Biroq o‘tgan mavsumda sayyoramizning eng yaxshi futbolchilari shu uchtasi bo‘ldimi? Bu ro‘yxatga kiritilishga haqli bo‘lgan yana boshqa futbolchilar bor. Ular kim? Quyida ular haqida tahlil qilamiz.

  1. Antuan Grizmann (“Atletiko Madrid” va Frantsiya)

Grizmann ochiqchasiga ajoyib yilni boshidan kechirdi. Jahon darajasidagi futbolchi uchun 2018-yil 2016-yildagi omadsizliklarining kompensatsiyasi bo‘ldi deya olamiz. U Evropa Ligasida ham, Jahon Chempionatida ham o‘zini ko‘rsata oldi.

U “matroslar” bilan Evropa Ligasini yutib oldi. Finalda “Marsel”ga qarshi ikki muhim g‘alaba gollarini kiritdi. Bir necha oy o‘tib esa Frantsiya tarkibida Rossiya yashil maydonlarida porladi. U o‘zining to‘rt goli bilan terma jamoasining chempion bo‘lishiga katta yordam berdi.

Ikki muhim turnirda g‘olib chiqqaniga qaramay, ushbu yakuni uchlikka kirmay qolgani biroz g‘alati.

  1. Kilian Mbappe (“PSJ” va Frantsiya)

Frantsiyalik yosh hujumchi “PSJ” bilan ajoyib mavsumni o‘tkazdi. Biroq u Jahon Chempionatida jahon saviyasidagi maqomini batamom mustahkamlab oldi.

19 yoshli futbolchi Argentinaga qarshi o‘yinda urgan gollari tufayli 1958-yilda Peledan keyin Jahon Chempionatida ikki gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Agarda buyam kamlik qilsa, yangi mavsum startini olaylik. Uch o‘yinda 4 gol! Haqiqiy fenomen va jahon chempioni! U ham eng yaxshi bo‘lishga loyiq edi.

  1. Rafael Varan (“Real” va Frantsiya)

“Real”ning o‘tgan uch mavsumda qatorasiga Chempionlar Ligasida bosh sovringa ega chiqishida xizmatlari katta bo‘lgan va soyada qolib ketayotgan navbatdagi qahramon bu – Rafael Varan hisoblanadi.

Frantsiyalik himoyachi “Real”ning himoyasida to‘liq hukmronlikni qo‘lga olgan. U Ramos bilan hamkorlikda Chempionlar Ligasidagi g‘alabalarda muhim bo‘lakka aylanib ulgurishgan. U shuningdek terma jamoasining Mundialdagi g‘alabasiga ham munosib hissasini qo‘shdi.

Varan Frantsiya himoyasida ancha ishonchli harakat qildi, hatto chorak finalda Urugvay darvozasiga gol ham urdi. Himoyachi ikki muhim musobaqa g‘olibi sifatida eng yaxshi futbolchi bo‘lishga haqli navbatdagi nomzod.

  1. Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti” va Belgiya)

Pep Gvardiola va uning shogirdlarini tushunish mumkin. Premer Ligada fantastik o‘yin ko‘rsatganiga qaramay, ko‘pchilikning nazdida ular shunchaki ichki chempionatni yutishgan.

De Bryuyne “shaharliklar” va Premerl Liganing eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Jahon Chempionatida esa u terma jamoasini yarim finalga qadar etaklab keldi. Yakunda u Belgiya bilan o‘z tarixlarida birinchi marta uchinchi o‘ringa ega chiqishdi. “Manchester Siti” ozgina e’tirofga sazovor bo‘lishi bilan De Bryuynening yaxshi kunlari ham kelishiga umid qilish mumkin.

  1. Leo Messi (“Barselona” va Argentina)

2006-yildan beri birinchi bor Messi ushbu sovringa kiritlmadi. Yana nima deyish mumkin?

Neymarni ketishi, Dembelening jarohati va Luis Suaresning yomon sport formasi tufayli aynan argentinalik daho kataloniyaliklarni barcha turnirlarda olg‘a etaklab bordi. U jamoaning barcha majburiyatlarini o‘z bo‘yniga oldi. Yaratuvchan yarim himoyachi, “aldamchi o‘nlik” va klub to‘purarligi kabi vazifalarni bir o‘zi a’lo darajada bajardi.

U “Barselona” bilan butun mavsumda yutqazmadi. Jamoasini qatorasiga to‘rtinchi marta “Qirol kubogi” bosh sovrinini olib berdi.

Odamlar esa uning Chempionlar Ligasini yuta olmagani bilan tanqid qilishadi. Zero u Valverdening “Roma”ga qarshi mantiqsiz taktikasi bilan yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan edi. Rossiyada esa jamoa sifatida birlasha olmagan Argentinani yana bir o‘zi oldinga etaklashga urinib ko‘rdi.

Xulosa

Ushbu ro‘yxatga kiritilmay qolgan futbolchilar kuchlik uchlikka kirishga munosibroq edi. Yakuniy uchlikdagi Muhammad Saloh ajoyib mavsum o‘tkazganiga qaramay, birorta turnirni yuta olmagani sababli biz keltirgan beshta futbolchidan biri o‘rin egallashga haqliroq edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!