
Terma jamoa a’zolari Antaliya shahriga etib borishdi
Bugun erta tongda Toshkent - Istambul - Antaliya yo‘nalishida Turkiyaga parvoz qilgan delegatsiyamiz a’zolari hozirgina manzilga etib borishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Terma jamoamiz a’zolari Antaliyadagi "Cornelia Diamond" mehmonxonasiga joylashishdi. Ertadan Turkiyadagi dastlabki mashg‘ulotlar boshlanadi.
Turkiyadagi o‘quv mashg‘ulot yig‘iniga quyidagi futbolchilar jalb qilingan:
Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")
O‘tkir Yusupov ("Qo‘qon-1912")
Sanjar Quvvatov ("Nasaf")
Javohir Ilyosov ("Metallurg")
Himoyachilar:
Egor Krimets ("Paxtakor")
Anzur Ismoilov ("Lokomotiv")
Doston Tursunov ("Neftchi")
Islom To‘xtaxo‘jaev ("Lokomotiv")
Oleg Zoteev ("Lokomotiv")
Farrux Sayfiev ("Paxtakor")
Akmal Shorahmedov ("Paxtakor")
Davron Hoshimov ("Navbahor")
Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov ("Nasaf")
Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG", Xitoy)
Otabek Shukurov ("Sharja", BAA)
Dilshod Rahmatullaev ("Paxtakor")
Fozil Musaev ("Jubilo Ivata", Yaponiya)
Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
Aziz Turg‘unbaev ("Navbahor")
Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya)
Jasur Yaxshiboev ("Paxtakor")
Javohir Sidiqov ("Qo‘qon-1912")
Ikrom Aliboev ("Lokomotiv")
Eldor Shomurodov ("Rostov", Rossiya)
Hujumchilar:
Marat Bikmaev ("Lokomotiv")
Sardor Rashidov ("Lokomotiv")
Ivan Nagaev ("Qizilqum")
Futbolchilarimiz 29 dekabrga qadar Turkiyada yig‘in o‘tkazib, keyin poytaxtimizga qaytib kelishadi. 3 kundan keyin esa Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketishadi.


Fikrlar