
“Tashkent Challenger”. Istominga mag‘lub bo‘lgan Do‘stov 1560 dollarga ega bo‘ldi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida mukofot jamg‘armasi 150 000 AQSh dollarini tashkil etadigan “Tashkent Challenger” turniri davom etmoqda.
Yakkalik bahslarida asosiy to‘rda bir yo‘la 4 tennischimiz kurashga kirishgan edi, Biroq ularning 3 nafari turnirdagi yurishlariga ilk davradayoq turnirdagi yurishlariga yakun yasashgan edi.
Turnir reglamentiga ko‘ra esa, ilk davrada kurashdan chiqqanlar 1560 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotini qo‘lga kiritadirlar.
Demak, O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istominga mag‘lub bo‘lgan Farruh Do‘stov, Aldin Setkich(Bosniya va Gertsegovina)ga mag‘lub bo‘lgan Sanjar Fayziev, qolaversa, Denis Molchanov(Ukraina)ga mag‘lub bo‘lgan Xumoyun Sultonovlar ham aynan shuncha mablag‘ga ega bo‘lishgan.
Fikrlar