Tarixda ilk bor VAR tizimi mutaxassislari uchun o‘quv kursi ochildi (video)

  • 2 oktabr, 2018, 14:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridda tarixda ilk bor videotakrorlar tizimida (VAR) faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun maxsus kurs ochildi.

Tecno

Aytish lozimki, ushbu kurslarda VAR instruktorlari o‘yin davomida uchrashuvning rasmiy shaxslari bilan qanday ishlash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.

Bir hafta davomida mutaxassislarga JCh-2018 davrida VAR qanday ishlagani ko‘rsatiladi. Kurs ishtirokchilari olingan nazariy bilimlarini shu erning o‘zida maxsus simulyator yordamida amalda ham qo‘llab ko‘rishadi.

Ushbu maxsus kursning ochilish marosimida FIFA hakamlar qo‘mitasi boshlig‘i Perluiji Kollina hamda FIFAning hakamlik bo‘yicha direktori Massimo Buzakkalar ishtirok etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!