Taekvondochilarimiz Turkiyadagi musobaqalarda umumiy hisobda 12 ta medalga sazovor bo‘lishdi

CHERY AUTO

Musobaqa sportchilarimiz uchun har qachongidanda omadliroq keldi. Turnir yakunlariga ko‘ra, hamyurtlarimiz umumiy hisobda 10 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Musobaqada sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati:

Oltin medal:

-74 kg: Nikita Rafalovich
-87 kg: Davron Azimov
-49 kg: Madina Mannopova
-67 kg: Nigora Tursunqulova
+73 kg: Svetlana Osipova
-48 kg: Amirbek To‘raev – (o‘smirlar o‘rtasida)

Kumush medal:

-54 kg: Bahrom Abdullaev

Bronza medali:

-54 kg: Valentin Xegay
-57 kg: Zariya Kasimova
-80 kg: Shuhrat Salaev.

Avvalroq, taekvondochilarimiz Nikita Rafalovich (kumush) va Valentin Xegay (bronza) Antaliyadagi «President’s Cup European region» reyting turnirida shohsupaga ko‘tarilgandilar. Demak, sportchilarimiz ortda qolgan ikki turnir yakuniga ko‘ra 12 ta medal bilan yurtimizga qaytadigan bo‘lishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!