
“Suonsi”ni endi o‘ynovchi-murabbiy boshqaradi
“Suonsi” klubi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha yarim himoyachi Leon Britton boshqaradi. 35 yoshli futbolchi jamoani 23 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Kristal Pelas”ga qarshi bahsda murabbiy sifatida jamoani maydonga boshlab tushadi.
Qayd etish joiz, Britton 2002 yildan buyon “oqqushlar” safida to‘p surib keladi. Faqat 2010 yil bir mavsum “Sheffild Yunayted”da o‘ynab qaytgan.
Eslatib o‘tamiz, “Suonsi” rahbariyati kecha qoniqarsiz natijalar sabab, bosh murabbiy – Pol Klementni iste’foga chiqargan edi.
Fikrlar