
Starrij 6 yillik tanaffusdan so‘ng yana EChLda asosiy tarkibda maydonga tushdi
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp PSJga qarshi o‘yinning asosiy tarkibiga hujumchi Deniel Starrijni kiritdi. E’tiborli jihati, u UEFA Chempionlar ligasida so‘nggi 6 yil ichida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli futbolchi so‘nggi bor 2012 yilda "Liverpul"ning "Napoli"ga qarshi bahsida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Starrij joriy mavsum mersisaydliklar safida jami 4ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta golga mualliflik qildi.
Fikrlar